Turizm vazirlari Islom konferensiyasining XII sessiyasi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Iyun 2, 2024

Turizm vazirlari Islom konferensiyasining XII sessiyasi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha so‘zga chiqib konferensiya yakuniga bag‘ishlangan ma’lumotlarni taqdim etdi.

“Islom dunyosi turizm shahri” bo‘lmish, Xiva shahrida Islom hamkorligi tashkilotining Turizm vazirlari Islom konferensiyasining XII sessiyasi “Turistik industriyani barqaror tarzda rivojlantirish” mavzusida tashkil etildi.

Anjuman asnosida Islom konferensiyasida raislik Ozarbayjon Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tdi. O‘zbekiston raisligi davrida tashkilot hududida turizm hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish uchun barcha choralar ko‘rilishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, sessiy ishida vazirlar va delegatsiya rahbarlarining bayonotlari eshitildi, IHT hududida turizm hamkorligini kengaytirishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi. Shu bilan birga, anjumanda IHT turizm shaharlarini tanlash mezonlarini takomillashtirish, mumkin qadar kichik va istiqbolli shaharlarni tanlash orqali ularning turizm salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Anjuman yakunida Islom konferensiyasining XII sessiyasi ishtirokchilari qaroriga ko‘ra, 2025 yil uchun Senegal Respublikasining Dakar shahri, 2026 yil uchun Misr Arab Respublikasining Qohira shahri va 2027 yil uchun Pokiston Islom Respublikasi Lahor shahri “Islom dunyosi turizm shahri” sifatida tanlangani e’lon qilindi.
Turizm sohasini diversifikatsiya qilish maqsadida ziyorat turizmi, ekoturizm va tibbiy turizmni rivojlantirishga kelishildi.

Manba: O‘zA