Toshkent viloyatida turistlar uchun axborot markazi ochiladi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Iyun 26, 2018

Toshkent viloyatida turistlar uchun axborot markazi ochiladi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida beshta turistlar axborot markazi ochiladi.
Xususan, Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron-Angren tog‘ klasterlarida va Yuqorichirchiq tumanida innovatsion “Turistlar axborot markazlari” barpo etish rejalashtirilgan. Rejaga muvofiq Bo‘stonliq tumanining Xojikent hududida, Ohangaron-Angren tog‘ klasteri hududida, Angren-Yangiobod yo‘lida namunaviy, zamonaviy, barcha qulayliklarga ega “Turistlar axborot markazi” qurilish ishlari tugatildi. Ushbu innovatsion mobil axborot punktlari orqali turistlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish, onlayn avia va temir yo‘l chiptalarini sotib olish, mehmonxona bron qilish, taksi chaqirish, umumiy ovqatlanish shahobchalari va boshqa obe’ktlar to‘g‘risida ma’lumot bilan ta’minlash nazarda tutiladi.
Birinchi mobil axborot punkti Angren-Yangiobod yo‘lida yaqin kunlarda ishga tushiriladi. Markaz shu kunlarda zaruriy mebel va anjomlar bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda. Markaz atrofida infratuzilma rivojlangan bo‘lib, turistlarga turli xil xizmatlar taklif etiladi. Yil oxirigacha yana 3 ta ana shunday markaz Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida ochilishi rejalashtirilgan.