Toshkent turizm bo‘yicha xalqaro kongressga mezbonlik qiladi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

May 2, 2018

Toshkent turizm bo‘yicha xalqaro kongressga mezbonlik qiladi

Poytaxtimiz Toshkent shahrida 3 – 5 may kunlari “Madaniy meros va turizm” II xalqaro kongress bo‘lib o‘tadi.

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va Turkiyaning Selchuk universiteti hamkorligida tashkil etiladigan mazkur xalqaro forumda dunyoning 30 dan ortiq davlatlaridan ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.

Mamlakatimizning Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan shaharlari azaldan o‘zining shonli tarixi, boy madaniyati bilan sayyohlar e’tiborida bo‘lgan.

Bugun ham yurtimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan turizm sanoatini jadal rivojlantirish, sohani diversifikatsiya qilish hisobidan O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Turkiyaning Selchuk universiteti bilan birgalikda tashkil etilayotgan ushbu xalqaro anjuman O‘zbekistonda turizm industriyasini taraqqiy ettirishda xalqaro tajribani o‘rganish, sayyohlik sohasida kadrlar tayyorlash, madaniy meros obyektlarini saqlash va tashrif buyuruvchilar ko‘lamini kengaytirishda zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Forum doirasida madaniy tadbirlar, o‘zaro tajriba almashish imkonini beradigan uchrashuvlar va seminar-treninglar tashkil etiladi.