Qozog‘istonda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek adabiyoti va madaniyati markazi ochiladi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Mart 7, 2018

Qozog‘istonda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek adabiyoti va madaniyati markazi ochiladi

Qozog‘iston Respublikasida 2018-yil O‘zbekiston yili, deb e’lon qilinishi munosabati bilan Qozog‘iston Yevroosiyo milliy universiteti Ostona shahrida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek adabiyoti va madaniyati markazini tashkil etish taklifini bildirdi.

Ushbu gumanitar tadbir doirasida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.Tangriyev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Ostona shahrida xizmat safarida bo‘ldi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘iston Respublikasi parlamenti deputati Faxriddin Qaratayev, Qozog‘iston o‘zbeklarining “Do‘stlik” milliy-madaniy markazi rahbari Ikrom Hoshimjonov, Ostona shahar o‘zbek etnomadaniy markazi raisi Sherzod Po‘latov bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek adabiyoti va madaniyati markazini ochish uchun taklif etilgan hududlarda bo‘ldi. Muhokamalardan so‘ng markaz tashkil etish uchun Qozog‘iston Yevroosiyo milliy universiteti binosi tanlandi.

Ayni paytda ushbu markazni tashkil etish hamda faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek adabiyoti va madaniyati markazi mazkur universitetning Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti auditoriyasi, YuNESKO kafedrasi, Qozog‘iston xalqlari assambleyasi bilan bir qatorda joylashadi.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi
Axborot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.