Qoraqalpog‘istonda joriy yilda 170 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshlaydi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 23, 2018

Qoraqalpog‘istonda joriy yilda 170 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshlaydi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi  ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 100 mingdan ortiq bolani bolalar bog‘chasiga qamrab olish rejalashtirilgan.

Buning uchun 50, 70, 100, 120 va 150 o‘rinli davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari yangidan barpo etiladi, kadrlar tayyorlanib, metodik va didaktik materiallar bilan ta’minlanadi. Shuningdek, 6 yoshli bolalarni Janubiy Koreyaning o‘qitish modeli  qo‘llanilgan holda zamonaviy ta’lim-tarbiya beradigan sinflarga to‘liq qamrab olish rejalashtirilgan. Dastlab, mazkur uslub tajriba sifatida To‘rtkul tumanida qo‘llaniladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish maqsadida Nukus shahrida 20 va tumanlarning har birida 10 tadan, jami 170 davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘chalar ochiladi.

2018-yilda o‘tgan yilgiga qaraganda ikki barobar ko‘p maktabgacha ta’lim muassasasida ta’mirlash va yangidan qurish ishlari amalga oshiriladi.  Ya’ni 2018 yil uchun ishlab chiqilgan investitsiya dasturiga muvofiq, 6 maktabgacha ta’lim muassasasi yangidan quriladi, 45 tasi rekonstruksiya va kapital ta’mirlanadi.