O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Oktabr 5, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizda shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yoshlarni tanlash, saralab olish va ularni xalqaro grossmeysterlar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, trenerlar uchun munosib mehnat sharoitini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimizda shaxmat sport turini rivojlantirish borasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning va belgilangan vazifalarning ijrosi, mahoratli shaxmatchilarimizning xalqaro musobaqalarda, xususan, Butunjahon shaxmat olimpiadasida erishgan natijalari e’tiborli bo‘layotganligi ta’kidlandi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutaxassislari, mahoratli shaxmatchilarimiz, murabbiy va hakamlar ishtirok etgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bildirilgan fikrlar va takliflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov mamlakat shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi.

Tadbirda kelgusi yili O‘zbekistonda o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari, shaxmat federatsiyasining quyi bo‘g‘inlaridagi ishlarni xalqaro talablar asosida qayta ko‘rib chiqish, faoliyatini yanada jonlantirish, yoshlar o‘rtasida shaxmatning ommaviyligini oshirishni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

O‘zA