O‘zbek Milliy akademik drama teatri jamoasi Xorazmga bordi. Safardan ko‘zlangan maqsad nima?

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 26, 2018

O‘zbek Milliy akademik drama teatri jamoasi Xorazmga bordi. Safardan ko‘zlangan maqsad nima?

Xorazmda “Taqdir sinovlari” spektakli namoyish etildi. O‘zbek Milliy akademik drama teatri jamoasi tomonidan taqdim etilgan sahna asari viloyat teatr san’ati ixlosmandlarida katta taassurot qoldirdi.

O‘tgan asrning 79-89 yillarida bo‘lgan afg‘on urushi fojiasi, uning oqibatlari va o‘zbek oilalariga ta’siri, urush xotiralari odamlar qalbini muzlatib, qanchadan-qancha insonlar hayotida tub burilish yasagani taniqli dramaturg Qo‘chqor Norqobil qalamiga mansub ushbu asarda mahorat bilan aks ettirilgan.

1.jpg

3.jpg
– Spektaklni tomosha qilib, qalbim larzaga keldi, – deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali kafedra mudiri Nigora Xo‘jayeva. – O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov Jayronqul ota obrazini shunday mahorat bilan ijro etdiki, barchamizning ko‘zimizga yosh keldi. Ayniqsa, amaldorlarning Jayronqul otaga o‘xshagan insonlar soddaligidan foydalanib qilgan qilmishlari o‘sha davr jamiyatida qanday qusurlar mavjud bo‘lganini yaqqol ko‘rsatadi. Bunday asarlar kishiga ma’naviy ozuqa berishi bilan ham ahamiyatlidir.