“Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar berdi vazirlikning «Huquqiy axborot» Telegram kanili.
Unga ko‘ra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari to‘lash sanasida amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi baravarlarida belgilanadi:
— kripto-birja uchun – 73 400;
— mayning-pul uchun – 3 000;
— kripto-depozitariy uchun – 7 000;
— kripto-do‘kon uchun – 3 700.
O‘zA