Kitoblar jamlanmasi tuhfa qilindi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Mart 2, 2018

Kitoblar jamlanmasi tuhfa qilindi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan Rishton tumanidagi “Roshidoniy” xalq kutubxonasiga “O‘zbekiston”, “O‘qituvchi”, G‘afur G‘ulom nomidagi va Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari hamda “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyotida chop etilgan yuzga yaqin nomdagi adabiy-badiiy, ommabop kitoblar jamlanmasi tuhfa etildi.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari S.Shukurov va boshqalar mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

2 (1).JPG

Kitob o‘qish inson dunyoqarashini kengaytirib, bilimini oshirish bilan birga, hayotga teran nigoh bilan qarashga o‘rgatadi. Shuning uchun ham barchamiz kitobni eng yaqin do‘st sifatida qadrlaymiz. Prezidentimizning 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Farg‘ona viloyatida ham bugungi kunda yoshlarni kitobga oshno etish, kitobxonlikni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

3 (1).JPG

Ijtimoiy tarmoqlarda Dima Qayum nomi bilan mashhur Rishton tumanida yashovchi Dilshod Boltaboyev xayrli ishga qo‘l urdi. U dehqon bozori hududida xalq kutubxonasini tashkil qildi. Uning bu ezgu tashabbusini yurtdoshlarimiz qo‘llab-quvvatlab, turli kitoblarni sovg‘a qilmoqda. Bu yerdagi kitoblardan foydalanish bepul bo‘lib, aholi, ayniqsa, yoshlar bo‘sh vaqt topguncha shu yerga oshiqadigan bo‘ldi.

5 (2).JPG

Matbuot va axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan kitoblar jamlanmasi ham bu ma’rifat maskaniga katta tuhfa bo‘ldi.

– Kundan-kunga kutubxonamiz yangi adabiyotlar bilan boyib borayotganidan juda ham xursandman, – deydi D.Boltaboyev. – Kitobsevar yoshlarimizning safi ham kengayib bormoqda. Bizning tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlayotganlardan minnatdormiz.