Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Fevral 13, 2018

Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligiga

 

G‘AZALLAR 

***
Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.
Jonimdin o‘zga jonni dilafkor ko‘rmadim,
Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.
Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,
Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.
Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.
Bobur, o‘zungni o‘rgatako‘r yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.

* * *
Kim ko‘rubtur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘,
Kimki ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘.
Bu zamonni nafi qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko‘rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig‘.
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma,
Kelmadi jonimg‘a hech oromi jondin yaxshilig‘.
Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yomonlig‘ asru ko‘p,
Emdi ko‘z tutmoq ne ya’ni har yomondin yaxshilig‘.
Bori elga yaxhshilig‘ qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘.
Yaxshilig‘ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko‘rubtur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘.

* * *
Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.
Bu shaklu shamoyil bila xud huru pariy sen
Kim, jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.
Ag‘yor ko‘z oldidaku ul yor ayon yo‘q,
G‘amxore ko‘ngul ichrayu g‘amxor topilmas.
Ey gul, meni zor etmaki, husnung chamanida
Ko‘zni yumub ochquncha bu gulzor topilmas.
Bobur, seni chun yor dedi, yorlig‘ etgil,
Olamda kishiga yo‘q esa, yor topilmas.

* * *
Charxning men ko‘rmagan jabru jafosi qoldimu?!
Xasta ko‘nglim chekmagan dardu balosi qoldimu?!
Meni xor etti-yu qildi muddaini parvarish,
Dahri dunparvarning o‘zga muddaosi qoldimu?!
Meni o‘lturdu jafoi javr birla ul quyosh,
Emdi turguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?!
Oshiq o‘lg‘och ko‘rdim o‘limni o‘zimga, ey rafiq,
O‘zga ko‘nglimning bu olamda harosi qoldimu?!
Ey ko‘ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!

* * *
G‘urbatu hijrong‘a qoldim, oh ul jon ilgidin,
Jong‘a yettim emdi g‘urbat birla hijron ilgidin.
Ko‘rsatur gah tiyg‘u gah o‘q holatimni bilmayin,
Ne balolar ko‘radurman yori nodon ilgidin.
El fig‘onimdin bajonu men bu jondin, ey ajal,
Qil xalos elniyu meni jonu afg‘on ilgidin.
Bobur, ul oy hajrida ishing base dushvor edi,
Shukrkim, qutqardi o‘lum seni oson ilgidin.