IHTning turizm yo‘nalishi bo‘yicha raisligi O‘zbekistonga berildi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

May 31, 2024

IHTning turizm yo‘nalishi bo‘yicha raisligi O‘zbekistonga berildi

Bugun, 31 may kuni Xiva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning turizm vazirlari yig‘ilishida xalqaro tadbirni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari hamda mamlakatda turizmni rivojlantirishda olib borilayotgan islohotlar alohida e’tirof etildi.

Yuqori darajadagi ekspertlar guruhi yig‘ilishida rasmiylar tomonidan tashkilotda turizm yo‘nalishi bo‘yicha raislik Ozarbayjondan O‘zbekistonga o‘tganligi e’lon qilindi.

O‘z navbatida O‘zbekiston raisligida tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida turizm hamkorligi, jumladan, yashil va barqaror turizm, smart turizm, turizm logistikasi va boshqa qator yo‘nalishda samarali loyiha va tashabbuslar amalga oshirilishiga ishonch bildirildi.

Manba: O‘zA