Figurali uchish bo‘yicha mamlakat chempionatida g‘oliblar aniqlandi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Mart 5, 2018

Figurali uchish bo‘yicha mamlakat chempionatida g‘oliblar aniqlandi

Figurali uchish bo‘yicha mamlakat chempionatida g‘oliblar aniqlandiPoytaxtimizda figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Mamlakatimizda qishki sport turlarini aholi o‘rtasida ommalashtirish va ular orasidan iste’dodli yoshlarni saralash maqsadida o‘tkazilgan mazkur chempionat keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tdi.

Musobaqaning yakkalik bahslarida Shohsanam Tohirova, Kamilla Faradayeva, Mariya Filippova kattalar o‘rtasida shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, o‘smir qizlar o‘rtasida Alyona Mezenseva, Laziza Soliyeva, Yekaterina Tertichnaya g‘olib va sovrindorga aylandi.

Muz ustida raqs bo‘yicha juftlik bahslarida Yuliya Kim va Shohrux Sultonov birinchi, Arina Pavlishuk va Aleksandr Kurolotka ikkinchi hamda Amira Mirolimova va Konstantin Li uchinchi o‘rinni egalladi.