Boks bo‘yicha Olimpiada o‘yinlari g‘olibi, ayni paytda esa professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan Fazliddin G‘oibnazarov ertaga o‘zining to‘rtinchi jangini o‘tkazadi.
Hamyurtimiz sakkiz raunddan iborat jangda meksikalik Xesus Silveyraga qarshi bahs olib boradi.
Fazliddin shu kungacha professional boksda uchta jang o‘tkazgan va ularning barchasida ishonchli g‘alaba qozongan, shulardan bittasini nokaut bilan yengan. Uning ertangi raqibi Xesus Silveyra esa 15ta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida ustunlikka erishgan (3tasi nokaut), ikkitasida durang qayd etgan, beshta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan.
Bokschimiz bugun raqibi bilan birga vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi.