“BBC Travel”: O‘zbekiston 2025 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar ro‘yxatida

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 18, 2025

“BBC Travel”: O‘zbekiston 2025 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar ro‘yxatida

“BBC Travel” global media portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 25 ta yo‘nalish ro‘yxatiga kirdi.

Maqolada ta’kidlanishicha, turizm O‘zbekistonning o‘ziga xos an’analari va madaniy merosini saqlash strategiyasining muhim qismiga aylanib bormoqda. 

Mamlakat infratuzilmani jadal rivojlantirmoqda: yangi mehmonxonalar, yuqori tezlikdagi temir yo‘l marshrutlari, ichki aviareyslar va yangilangan madaniy diqqatga sazovor joylar sayohatchilar uchun betakror imkoniyatlarni yaratmoqda. 

Bularning barchasi iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga va O‘zbekiston tarixiy va madaniy merosining cheksiz boyligini kashf etayotgan sayyohlarni jalb qilishga yordam bermoqda. 

Qayd etilishicha, 90 dan ortiq mamlakat, jumladan Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz tashrif buyurishi mumkinligi sayohatni sezilarli darajada osonlashtiradi va sayyohlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. 

Bundan tashqari, qo‘shni mamlakatlar bilan chegarani kesib o‘tish ancha osonlashgani qayd etilgan.

«O‘tgan 2024 yil noyabr oyida Qozog‘iston va O‘zbekistonni bog‘lovchi «Ipak yo‘li temir yo‘l sayohati» nomli birinchi xalqaro temir yo‘l yo‘nalishi ishga tushirildi. Bu qulay yo‘nalish sayyohlarga Buyuk Ipak yo‘li izidan borib, har ikki davlatning noyob tarixiy va madaniy diqqatga sazovor joylarini bemalol o‘rganish imkonini beradi. Bunday sayohat nafaqat qadimiy savdo va madaniy almashuvlar muhitiga sho‘ng‘ish, balki mintaqada madaniy aloqalarni kengaytirish va turizmni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi», deb xulosa qiladi “BBC Travel”.

Ta’kidlash joizki, ro‘yxatga AQSH, Kanada, Yaponiya, Italiya, Avstraliya, Marokash, Angliya va boshqa davlatlar ham kiritilgan. 

O‘zA