O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizning COP-29dagi Milliy paviloniga tashrif buyurdi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Noyabr 13, 2024

O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizning COP-29dagi Milliy paviloniga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bok-u shahrida o‘tayotgan BMTning Butunjahon iqlim sammitida (COP29) tashkil etilgan O‘zbekiston Milliy paviloni bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbariga pavilonning g‘oyasi va unda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Pavilon O‘zbekistonning noyob madaniy merosi hamda ekologiya va iqlim masalalariga barqaror yondashuvlarini namoyish etishga mo‘ljallangan. Uning «Ichki barqarorlik» deb nomlangan me’moriy konsepsiyasi insonning tabiat bilan uyg‘unligini va oilaviy qadriyatlarni ifodalovchi an’anaviy o‘zbek hovlisiga asoslangan.

Somon suvoq va yog‘och kabi ekologik, an’anaviy materiallardan foydalanib, azaldan o‘zbek xonadonining ajralmas qismi bo‘lmish ayvon va so‘ridan ilhomlanib bunyod etilgan pavilon uyg‘un makon hosil qiladi. Birgalikda ushbu me’moriy yechimlar qulay mikroiqlimni ta’minlaydi, shinam muhit yaratadi va barqaror kelajak haqidagi g‘amxo‘rlikni aks ettiradi.

Sammit kunlarida bu yerda Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy-ekologik muammolarini hal etish, «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda bioxilma-xillikni asrashga bag‘ishlangan 20 dan ortiq qo‘shimcha tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.