15 yildan buyon Qozog‘istonda o‘zbek drama teatri faoliyat yuritadi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Mart 7, 2018

15 yildan buyon Qozog‘istonda o‘zbek drama teatri faoliyat yuritadi

Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston viloyatida 2003-yil asos solingan o‘zbek drama teatri bugun qo‘shni respublikada istiqomat qilayotgan o‘zbeklar ma’naviy-ma’rifiy hayotida muhim o‘rin tutadi. Teatr jamoasi o‘zbek xalqi madaniyati va milliy urf-odatlarini keng targ‘ib qilmoqda.

O‘zA muxbiri mazkur ma’naviyat maskani faoliyati haqida ma’lumot olish uchun Janubiy Qozog‘iston viloyat o‘zbek madaniyat markazi raisi, viloyat o‘zbek drama teatri direktori Ikromjon Hoshimjonov bilan muloqotda bo‘ldi.

Teatrni tashkil etish ishlari 2001-yilda boshlangan edi. Dastlab ruxsat olish, truppani mablag‘ bilan ta’minlash, bino ajratish, aktyorlar va rejissyor topish kabi tashkiliy masalalarda muammo va qiyinchiliklarga duch keldik.

Teatr 01.jpg

Sharof Boshbekovning «Temir xotin» asari asosida sahnalashtirilgan spektakl jamoamizning ilk ijodiy mehnati bo‘ldi. Bu spektaklni keng jamoatchilik vakillari iliq kutib olishdi. Keyinchalik teatrimizga Sayram tumanidagi madaniyat uyini ajratib berishdi. Binoni ta’mirlash uchun byudjetdan yetarli mablag‘ ajratildi. Tezda ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi…

2003-yilning 22-oktabr kuni Janubiy Qozog‘iston viloyatida istiqomat qilayotgan yarim milliondan ziyod o‘zbek xalqi uchun ham tarixiy, ham siyosiy bayram bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Nursulton Nazarboyev viloyatimizga rasmiy ish safari bilan tashrif buyurib, viloyat o‘zbek drama teatri binosini o‘zi ochib berdi.

Bugun teatrimiz repurtuaridan 100 ga yaqin sahna asari o‘rin olgan. Qozog‘iston bo‘ylab gastrollarda bo‘lamiz. Turli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdamiz.

Alohida faxr bilan aytishimiz joizki, o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan ham aloqalar mustahamkamlanib bormoqda. Yangi asarlar sahnalashtirishda, dramaturgiya borasida O‘zbekistondan ko‘plab taniqli rejissyorlar va yozuvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Prezidentlarimiz ezgu harakatlari bilan do‘stona aloqalarimiz yanada samimiylashib bormoqda. Ishonamizki, bu kabi iliq munosabatlar barcha sohalar qatori madaniy-ma’rifiy aloqalarimiz rivojlanishida ham o‘z aksini topadi.