Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabasi “aqlli issiqxona” qurilmasini yaratdi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 31, 2018

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabasi “aqlli issiqxona” qurilmasini yaratdi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti texnika yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlovchi yetakchi oliy o‘quv yurtlardan biri bo‘lish bilan birga fan va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirayotgan yirik ilmiy-tadqiqot maskani hamdir.

Ayni vaqtda universitetda texnikaviy ijodkorlik qilish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. O‘quv xonalari va laboratoriyalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan.

Universitetda tashkil etilgan O‘zbekiston va Yaponiya yoshlarining innovatsion markazi talabalarni ilmiy izlanishlar olib borishga, ixtirolar qilishga ilhomlantirmoqda.

So‘nggi yillarda universitetda yaratilgan ikki yuzdan ortiq ixtiro amaliyotga joriy etilgan.

Universitetning elektronika va avtomatika fakulteti 3-kurs talabasi Azizjon Ergashev “aqlli issiqxona” deb nomlangan ixtirosi bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan.

U yaratgan qurilma issiqxona ichidagi havo harorati va namligini hamda quyosh yorug‘lik darajasini bir me’yorda ushlab turishga mo‘ljallangan. Qurilmada harorat va namlikni, yorug‘lik darajasini o‘lchovchi maxsus datchiklar mavjud. Agar havo harorati tushib ketsa, isitish pechlari avtomatik tarzda ishga tushadi, agar harorat shunda ham me’yorga kelmasa, ovozli xabar orqali ogohlantiradi. Harorat me’yorda bo‘lganda esa pechlar avtomatik o‘chiriladi. Agar xona harorati me’yordan ortib ketsa, “aqlli issiqxona” oynalarini o‘zi ochadi. Shunda ham harorat oshishi davom etsa, ventilyatsiya tizimi ishga tushib, havoni sovutish jarayoni boshlanadi.

Tuproq namligi pasayganini aniqlagan qurilma avtomatik tarzda sug‘orish ishlarini amalga oshiradi. “Aqlli issiqxona” tomidagi pardalar esa quyosh yorug‘lik darajasi oshganda qo‘l keladi. Barcha ma’lumotlarni qurilma va kompyuter monitorlarida ko‘rib turish imkoni mavjud. Qurilma sodda tuzilgan, o‘zbek tilida ishlab, pult orqali boshqariladi.

– Mazkur ishlanma X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida namoyish etilib, olimlar va ishtirokchilarning e’tiboriga sazovor bo‘ldi, ˜– deydi Azizjon Ergashev. – Shu bois ixtironi joriy yilda amaliyotga tatbiq etish ustida ish olib borilmoqda. Kelajakda mazkur ixtironi yanada takomillashtirib, issiqxonaning barcha ma’lumotlarini mobil telefon orqali ko‘rish va boshqarishni, uning quyosh batareyalari orqali ishlashini ta’minlamoqchimiz.

Related posts