Saytimiz orqali Malayziyaning “Amiran” texnologik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan gazgenerator qurilmasi haqida ma’lumot bergan edik. Mazkur yangilik ko‘pchilik foydalanuvchilarda ijobiy fikr uyg‘otdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil uchun birmuncha qulaylik keltiruvchi ushbu qurulma haqida imkon darajasida yangiliklar berib borilishi so‘ralgan.
Mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra, avtomobillarga quyilgan benzin yoqilg‘isining 60 foizigina ishlatilar ekan xolos, qariyb 40 foizi chiqit sifatida havoga sarf bo‘ladi. Mazkur yangi gazgenerator qurilmasi yordamida esa avtomobilga quyilgan benzin to‘liq ishlatiladi.

Gazgenerator qurilmasidan foydalanish uchun ko‘pchilik tashkilotlar taklif bilan chiqdi. Ayni paytda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining sinov tariqasida ishlatib ko‘rish haqidagi takliflari o‘rganilmoqda.
Qachon sotuvga chiqariladi, narxi qancha degan haqli savollar tug‘ilishi tabiiy. Yaqin 10-15 kun ichida mazkur qurilma sinov tariqasida sotuvga chiqariladi. Mutasaddilarning ma’lumot berishicha, narxi barcha harajatlar to‘liq hisob kitob qilingach yaqin bir hafta ichida aniq bo‘ladi. Saytimizni kuzatib boring.
Eslatib o‘tamiz, “Amiran” texnologik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan gazgenerator qurilmasi barcha turdagi transport vositalari uchun mo‘ljallangan.